2024-yil tarixdagi eng issiq davr boʻlishi kutilmoqda

    Yashil sayyora 9 Yanvar 2024 775

    2024-yil tarixdagi eng issiq mavsum boʻlishi mumkin.

    Bu haqda Bloomberg iqlim boʻyicha ekspertlarga asoslanib xabar bermoqda.

    Taʼkidlanishicha, 2024-yilda oʻrtacha yillik havo harorati sanoatgacha boʻlgan davr oʻrtacha haroratidan 1.3-1.6 darajagacha yuqori boʻlishi prognoz qilinmoqda.

    Bu, 2024-yil harorati dunyo hamjamiyati kelishgan “Parij” iqlim bitimi shartlarida keltirib oʻtilgan dunyo xaroratining 1.5 darajadan yuqori koʻtarilib ketmasligi uchun koʻrayotgan chora-tadbirlari samarasiz kechayotganini bildirib, dunyoda birinchi marta 1.5 darajalik “xavfli chegara” bosib oʻtilishi mumkinligini anglatadi.

    Sayyorada oʻrtacha yillik havo haroratining meʼyordan 1.5 darajadan yuqori boʻlishi dunyo iqtisodiyoti, aholi salomatligiga jiddiy taʼsir etadi.

    Oʻzbekistonda bu harorat taʼsiri dunyoning boshqa hududlariga nisbatan sezilarli yuqorilab ketishi hisobiga, hukumat yil davomida amalga oshiradigan chora-tadbirlarini aynan mana shu omilning taʼsirini minimallashtirishga qaratib rejalashtirsa yomon boʻlmasdi.