2024-yil uchun statistika dasturi qabul qilindi

    Moliya 17 Yanvar 2024 1990

    Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi 30-son qarori bilan 2024-yil uchun statistika dasturi tasdiqlandi.

    2024-yil uchun statistika dasturiga quyidagilar kiradi:

    Prezident huzuridagi Statistika agentligi tomonidan shakllantiriladigan rasmiy statistik maʼlumotlar;

    rasmiy statistik maʼlumotlarni tuzuvchilar tomonidan shakllantiriladigan statistik maʼlumotlar;

    maʼmuriy maʼlumotlar yetkazib beruvchilari tomonidan taqdim etilgan maʼlumot;

    normativ-uslubiy bazani takomillashtirish, rasmiy statistika va funksional tartibga solishni uygʻunlashtirish boʻyicha choralar va boshqalar.

    Hujjat bilan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali maʼmuriy maʼlumotlar yetkazib beruvchilarning statistika boʻyicha maʼlumotlarni Agentlikning axborot tizimiga integratsiya qilish va taqdim etish jadvali tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

    vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalarini Statistika agentligining axborot tizimlariga kiritish orqali rasmiy statistik maʼlumotlarni tayyorlashda maʼmuriy maʼlumotlardan foydalanish;

    maʼmuriy maʼlumotlar yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikni mustahkamlash va kelgusida maʼmuriy maʼlumotlar sifatini yaxshilash;

    axborot tizimlaridan foydalangan holda mavjud maʼmuriy maʼlumotlar bazalaridan dolzarb va tezkor maʼlumotlarni olish tizimini takomillashtirish, qogʻoz shaklidagi maʼlumotlardan voz kechish hamda uni taqdim etish va qabul qilishda inson omilini kamaytirish, deb xabar beradi “Norma”.