2024-yil yakunlari: UZTELECOM yil davomida erishgan asosiy natijalar

    2024-yilning yakunlanishi arafasida “Oʻzbektelekom” AK Axborot xizmati yil davomida erishilgan muhim yutuqlarni eʼtiboringizga havola qiladi.

    UZTELECOM tomonidan qoʻlga kiritilgan eng yirik yutuqlar sifatida Kompaniya tarixiga aylanayotgan ushbu voqeliklar mamlakatimiz telekommunikatson jozibasining ortishida muhim ahamiyat kasb etdi.

    5.5G tarmogʻining ishga tushirilishi

    2024-yilda UZTELECOM Huawei bilan hamkorlikda 5.5G tarmogʻini ishga tushirib, telekommunikatsiya sohasida yangi davrni ochdi. Ushbu texnologiya yuqori tezlikdagi ulanish va aqlli shaharlar rivojlanishiga koʻmaklashadi.

    5.5G tarmogʻining kengayishi Kompaniyaning yetakchiligini isbotlab, millionlab foydalanuvchilarga sifatli ulanish imkonini taqdim etdi.

    Tayanch stansiyalarining qurilishi va modernizatsiyasi: 2024-yilda millionlab foydalanuvchilar uchun aloqa mustahkamlandi

    Tayanch stansiyalarini keng koʻlamli qurish va modernizatsiya qilish loyihasi 2024-yilda ham davom ettirildi. Natijada eng olis hududlarda ham 4G va 5G qamrovi yaxshilandi. Bu esa raqamli tengsizlikni qisqartirish va aloqa sifatini oshirish imkonini berdi.

    Optik tolali yuksalish: 2024-yil infratuzilmani rivojlantirish natijalari

    UZTELECOM yil davomida 70 000 kilometrdan ziyod optik tolali liniyalarni qurib, tarmoqning umumiy uzunligini 300 000 kilometrdan oshirdi. Bu oʻz oʻrnida foydalanuvchilarni barqaror va ishonchli Internet aloqa bilan taʼminlaydi.

    Xalqaro eʼtirof: ISO 9001:2015 – 2024-yilning muhim yutugʻi

    UZTELECOM Germaniyaning TÜV Thüringen International kompaniyasining sifat menejmenti tizimi boʻyicha ISO 9001:2015 xalqaro sertifikatiga ega boʻldi.

    Bu Kompaniya xizmatlari sifati va faoliyatlarining yuksak darajada tashkil etilganini tasdiqlaydi.

    HAMMASI BIRGA tarifi: 2024-yilda esda qoladigan yangilik

    Yangi HAMMASI BIRGA tarifi uy Interneti, IP-telefon va televideniyeni bitta hisobda birlashtiradi. Abonentlar uchun oʻz oilaviy mobil raqamlarini qoʻshib, abonent toʻlovidan 20% gacha chegirma olish imkoni yaratildi.

    Mobile World Congress tan olishi: 2024-yilda jahon miqyosidagi yutuqlar

    2024-yilda Barselonada oʻtkazilgan Mobile World Congressʼda UZTELECOM Ookla® tomonidan “Eng tezkor mobil tarmoq” va “Eng yaxshi oʻyin tajribasi” mukofotlariga sazovor boʻldi.

    Ushbu yutuqlar Kompaniya xizmatlari jahon standartlariga javob berishini isbotlaydi.

    Eng yaxshi ish beruvchilar oʻntaligida

    UZTELECOM Oʻzbekistondagi eng yaxshi ish beruvchilar top-10 taligiga kirdi.

    Kompaniyada 17 600 nafardan ziyod xodim faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, Kompaniya yirik soliq toʻlovchilar qatorida mamlakat iqtisodiyoti uchun ulkan hissa qoʻshdi.

    TelecomTV gʻalabasi: “2023-yil brendi” – 2024-yildagi yutuqlar solnomasida

    TelecomTV loyihasi “VII Brend Yili – 2023” mukofotining “Kommunikatsiya” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Ushbu eʼtirof UZTELECOM xizmatlarining ommabopligini va Kompaniyaning mukammallikka intilishini koʻrsatadi.

    Aloqa transformatsiyasi: 4G va 5G tarmogʻiga oʻtish

    UZTELECOM 2024-yilda 3000 dan ortiq tayanch stansiyasini LTE standartiga oʻtkazdi, bu orqali 4G qamrovi 50% ga oshdi. Bu qadam Kompaniyaning mobil aloqa bozoridagi yetakchiligini yanada mustahkamladi.

    5G loyihasi uchun xalqaro mukofot: 2024-yilning tarixiy voqeasi

    UZTELECOM “5G loyihasini ishga tushirish” nominatsiyasida yirik mukofotni qoʻlga kiritdi. Kompaniya T-Mobile va China Telecom kabi gigantlar bilan bir qatorda ishtirok etdi. 6000 dan ortiq tayanch stansiyasi modernizatsiya qilinib, aloqa sifati sezilarli darajada yaxshilandi.

    Business Quiz gʻalabasi: 2024-yildagi intellektual muvaffaqiyat

    UZTELECOM “Business Quiz – 2023” intellektual oʻyinida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, “Oʻzbekistonning eng zukko kompaniyasi” deb eʼtirof etildi.

    Bu muvaffaqiyat Kompaniya xodimlarining professionalligi va intellektual salohiyatini yana bir bor isbotladi.

    Tashkent City Mallʼdagi yangi ofis: mijozlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish

    UZTELECOM 2024-yilda Tashkent City Mallʼda zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish ofisini ochdi. Endi mijozlar qulay va zamonaviy sharoitlarda xizmat va maslahatlar olish imkoniyatiga ega.

    VoWi-Fi texnologiyasi: aloqa uchun innovatsiya

    UZTELECOM VoWi-Fi texnologiyasini joriy etdi. Ushbu texnologiya Wi-Fi orqali qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish va xabarlar yuborishga imkon beradi, hatto mobil tarmoq sifati past boʻlsa ham. Endi aloqa doimiy barqaror, har qanday sharoitda ham.

    5G har bir hududda: UZTELECOM rivojlanishining muhim bosqichi

    5G texnologiyasi endi Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlarida mavjud! Bu millionlab foydalanuvchilarga yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniyatini yaratdi.

    Ushbu keng koʻlamli loyiha mamlakatning raqamli rivojlanishi va aholining turmush sifatini yaxshilashga hissa qoʻshmoqda.