2024-yilda dunyo aholisi avvalgi yilga nisbatan qariyb 82 million kishiga ko'paydi. Ushbu ma'lumotlar Germaniyaning jahon aholi jamg'armasi (Deutsche Stiftung Weltbev lkerung, DSW) tomonidan taqdim etildi.
Tashkilot hisob-kitoblariga ko'ra, 2025-yilning 1-yanvariga kelib dunyo aholisi 8,156 milliard kishiga yetdi. Shu bilan birga, Germaniya aholisi yil davomida avvalgi darajada saqlanib qoldi va taxminan 84 millionni tashkil etmoqda.
Aholining o'sishi birinchi navbatda Afrikada kuzatilmoqda. Keyingi yigirma yil ichida ushbu qit'ada yashovchi odamlar soni ikki baravar ko'payishi mumkin, deydi DSW ekspertlari.
BMT ma'lumotlariga ko'ra, 2037-yilda dunyo aholisi birinchi marta 9 milliarddan oshishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.