Bu borada 2024-yil uchun dastlabki rejalar yetarli emasligi qayd etildi. Mutasaddilar oʻtgan yildan saboq chiqarib, bu yoʻnalishda ikki karra koʻp ishlashi va aniq natija koʻrsatishi kerakligi taʼkidlandi.
Prezident joriy yildan boshlab yirik “yashil energiya” quvvatlarini barpo etish boʻyicha uch yillik dasturni amalga oshirishga oʻtilishini taʼkidladi.
Sababi, energetika tizimining barqarorligini taʼminlash uchun yangi quvvatlarga mos tarmoqlarni qurish, elektr saqlash qurilmalarini oʻrnatish, zarur materiallarni ishlab chiqarishni reja qilib, hozirdan boshlash kerak.
Shuning uchun aholi va iqtisodiyot tarmoqlari talabidan kelib chiqib, kelgusi uch yilda 8 gigavattli 28 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish, 944 kilometr yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va 6 ta yirik podstansiyani qurish, jami 2,2 gigavatt boʻlgan 18 ta elektr saqlash quvvatlarini oʻrnatish moʻljal qilib olindi.