Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilda xorijdan qiymati 374,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 4,2 mln dona mobil telefon import qilgan.
Oʻzbekistonga 2024-yilning 12 oyida eng koʻp telefon import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 3,4 mln dona
— Vyetnam – 589,4 ming dona
— Hindiston – 113,6 ming dona
— Gonkong – 46,1 ming dona
Boshqa davlatlar – 5,4 ming dona telefon import qilingan.








