Bu haqda prezidentning «Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmonida belgilandi.
Farmonga koʻra, Respublikada “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish uchun qulay sharoitlarni yaratish va “yashil energiya” manbalari salmogʻini oshirish maqsadida 2024-yil 1-aprelga qadar “yashil energiya” sertifikatlari aylanmasi bozor tamoyillari asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlanadi.
2024-yil 1-apreldan boshlab iqlim oʻzgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) va maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.