2024-yilning iyun oyi qanday boʻlishi kutilmoqda?

    Oʻzgidromet bu yil yoz iliq ob-havo bilan boshlanishini maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, harorat kunduz kunlari 28-33 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 35-38 darajagacha koʻtariladi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqindir.

    Iyun oyining birinchi besh kunligida Oʻzbekiston boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat ayrim togʻ oldi va togʻli hududlarda 4-5-iyun kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat kechalari 14-19 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja, baʼzi joylarda 35 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 37 darajagacha boʻladi.

    6-10-iyunda ayrim kunlarda (1-2 kun) baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat kechalari 14-19 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja, shimolda va choʻl hududlarda 35-37 darajagacha boʻladi.

    Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda harorat asosan kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 33-38 daraja, janubda va choʻl hududlarda 40 darajagacha boʻladi. Oyning ikkinchi oʻn kunligida qisqa muddatli yomgʻirlar yogʻishi ehtimoli koʻp.