Davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tizimlashtirish, byudjet barqarorligini taʼminlash va intizomini kuchaytirish orqali byudjet taqchilligini qisqartirib borish, byudjet ochiqligini taʼminlash, soliq maʼmurchiligini yaxshilash va uning samaradorligini yanada oshirish, byudjet xarajatlari natijadorligiga erishish, davlat qarzini makroiqtisodiy xavfsiz darajada ushlab turish va Davlat byudjeti likvidliligini oshirish Strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Quyidagilar Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi, jumladan:
- — byudjet intizomini taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish;
- — oʻrta muddatli byudjetlashtirishda strategik ustuvorlikni taʼminlash;
- — davlat xarajatlari va investitsilarining samaradorligi hamda natijadorligini oshirish.
Strategiyani amalga oshirish davri 2025-yildan 2030-yilgacha moʻljallangan boʻlib, unda qayd etilgan ustuvor yoʻnalishlar doirasida 16 ta maqsad belgilab olingan.
Shuningdek, mazkur maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni taʼminlovchi vazifalar va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.