Butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi k...
Bugun sizlar bilan birga belgilab olingan barcha vazifalar aynan ana shunday ruhda ishlab, aniq natijaga erishishga qaratilgan.
Bugungi yigʻilishga tayyorgarlik doirasida 2025-yilda 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish, 1,5 million odamni kambagʻallikdan chiqarish mahallabay hisob-kitob qilingan.
Hozirgi texnologiyalar davrida korrupsiyaning yangi, raqamli koʻrinishlari paydo boʻlmoqda. Shu bois yangi oʻquv yilidan Ichki ishlar va Huquqni muhofaza qilish akademiyalarida bu yoʻnalishda mutaxassis tayyorlash boshlanadi.
Qonunchilikka noqonuniy boylik orttirish haqida modda kiritish taklif qilindi. Yaʼni, davlat xizmatchisi deklaratsiya qilgan daromadiga mos kelmaydigan mol-mulkini qayerdan olganini isbotlashi kerak boʻladi.
Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi oʻrtacha bozor narxidan koʻpi bilan 20 foizdan oshmasligi shart. Ushbu talabni buzganlik uchun qonun bilan javobgarlik va jarimalar joriy qilinadi.
“Prokuratura, ichki ishlar, soliq rahbarlari yaxshilab eshitib olsin: sektor ishidan ozod qilish bu – eski davrga qaytib, aholi va tadbirkorlarga har qadamda toʻsiq, korrupsiyaga sharoit yaratish, degani emas”, — dedi davlatimiz rahbari.
Parlamentdagi masʼul qoʻmitalar mahallagacha tushib, har bir jinoyatning kelib chiqish sabab va omillarini aniqlab, tuman, viloyat prokurorlari va ichki ishlar boshliqlarini oldiga aniq vazifa qoʻysa, bu borada yaxshi tajriba boʻlishi qayd etildi.
Vazirlar Mahkamasiga tizimidagi korrupsiyani bilib-bilmaslikka olib yurgan inspeksiya rahbarlari ishiga baho berib, ikki haftada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish boʻyicha har biriga aniq vazifa qoʻyish topshirildi.