Natijada 2025 yilda o'rtacha yillik havo harorati +17,3°S ni tashkil etdi. Bu esa 1867 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko'rsatkich bo'lib, avvalgi rekord — 2023 yildagi +17,0°S ni 0,3°S ga yangiladi.
Taqqoslash uchun, poytaxtdagi eng sovuq yil 1920 yil bo'lib, o'sha paytda o'rtacha yillik harorat atigi +11,8°S ni tashkil etgan. Ma'lumotlar O'zgidrometning “Toshkent — Observatoriya” tayanch meteostantsiyasi tahlillari asosida tayyorlandi.