2025-yilda 1 mingta ogʻir mahalla infratuzilmasiga 3 trillion 200 milliard soʻm ajratiladi

    Ogʻir tumanlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha alohida yondashuv joriy qilinishi taʼkidlandi.

    Masalan «Sanoat qurilish banki« Quvadagi yirik eksportyor bilan Qoʻngʻirot tumanida brokkoli ekish va yogʻochni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirdi. Bunga past foizli kredit ham berdi.

    Bu tajriba maʼqullanib, sharoiti ogʻir 71 ta tumanga boshqa hududlardan tadbirkorlarni taklif qilish uchun ularga qoʻshimcha kredit, 2025-yilda 1 mingta ogʻir mahalla infratuzilmasiga 3 trillion 200 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.

    Umuman, tadbirkorlar qoʻshimcha 31 trillion soʻmlik 3,5 mingta loyiha va 200 mingta yangi ish oʻrni yaratishga tayyor.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ushbu loyihalar infratuzilmasiga 1 trillion soʻm ajratish topshirildi.