2025-yilda 4 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulanishi kutilmoqda

    2025-yilda Oʻzbekistonda magistral elektr tarmoqlari orqali 76 milliard 100 million kilovatt soat elektr energiyasini uzatish maqsadi qilingan.

    UzAning maʼlum qilishicha, bu haqda 16-yanvar kuni AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari“ aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Mahfuza Suvonova maʼlum qilgan.

    Unda taʼkidlanishicha, 2025-yilda 76 milliard kilovatt soat elektr energiyasini uzatish, elektr energiyasi isteʼmolini qisqartirish, yangi elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

    Shuningdek, 2025-yilda 1350 megavatt quvvatli 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 100 megavatt quvvatli 1 ta shamol elektr stansiyasi tarmoqlarga ulanishi kutilmoqda.