Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi bu haqda 2025-yil sarhisobida maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, yil davomida jami 1 trln 454 mlrd soʻm toʻlov hisoblangan boʻlib, shundan 1 trln 304 mlrd soʻmi (90 foizi) undirilgan.

Qarzdorlik bilan kurashishning yangi mexanizmi sifatida, SMS-xabarnoma yuborilgandan soʻng qarzdorlikni bartaraf etmagan isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Shu bilan birga, “Toza Makon” yagona elektron billing tizimining davlat portallari bilan integratsiya qilinishi natijasida haqiqatda koʻrsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan 211,9 mlrd soʻmlik noreal qarzdorliklar tizimdan chiqarib tashlandi. Bu isteʼmolchilar uchun shaffof hisob-kitob tizimini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Hozirda respublikadagi 7,3 mln aholi aʼzolarining 91,6 foizi shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) boʻyicha billing tizimiga kiritilgan. Nazoratni kuchaytirish maqsadida:

  • 3 230 ta (95%) maxsus texnikaga GPS-trekerlar oʻrnatildi;
  • 830 ta chiqindi yigʻish maydonchasi va 714 ta texnika videokuzatuv kameralari bilan jihozlandi;
  • Aholi uchun “Toza Makon” mobil ilovasi ishga tushirildi.