Banklar bunga qoʻshimcha 10 trillion soʻm yoʻnaltirishni maqsad qilgan. “Ipoteka kompaniyasi” ham bu maqsadlarga 2,3 trillion soʻm resurs yoʻnaltiradi.
Mutasaddilarga 2025-yilda kamida 70 mingta xonadon uchun ipoteka krediti taqdim etish, shundan 30 minggi uchun kreditni boshlangʻich badal uchun byudjetdan subsidiya toʻlab, daromadi yuqori boʻlmagan oilalarga berish vazifasi qoʻyildi.
Sohada yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish uchun yangi uy-joy oladigan fuqarolarga oʻzi toʻlagan mablagʻining bir qismini keshbek qilib qaytarish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
Yigʻilish davomida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.