2025-yil davomida Jinoyat kodeksining 228-moddasiga muvofiq (hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 5 962 nafar shaxs sudlanib, jinoiy javobgarlikka tortildi.

Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, sudlangan shaxslarga nisbatan turli jazo choralari qoʻllanilgan. Jumladan, ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash, jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari hamda shartli hukmlar tayinlangan.

Qayd etilishicha, mazkur turdagi jinoyatlar eng koʻp Andijon, Fargʻona, Toshkent, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida qayd etilgan.