Bu haqda u jurnalistlarga maʼlum qildi.
Mutasaddining taʼkidlashicha, 2025-yildan xokkey boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari tashkil etiladi.
Shu maqsadda Toshkentning «Humo« klubiga tegishli yetti-sakkiz nafar rossiyalik xokkeychi milliy terma jamoa tarkibiga kiritiladi. Hozirda ularni fuqarolikka qabul qilish jarayonlari olib borilmoqda.
Mamlakatimiz xokkey terma jamoalari kelgusi yili ikkita nufuzli musobaqada ishtirok etishi belgilangan. Bular 18 yoshgacha boʻlganlar hamda kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatlaridir.