Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan 11 914 nafar jabrlangan ayolga kunduzgi ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi.
Shuningdek, 4 006 nafar xotin-qizga birlamchi koʻmak xonalarida ijtimoiy yordam berildi.
Bundan tashqari, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida 512 nafar ayol hamda 709 nafar farzandlari joylashtirilib, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi.









