2025-yilning “Eng namunali tuman va shahar” hamda“Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari gʻoliblari aniqlandi

    Gʻoliblar diplom, pul mukofotlari va 3 million soʻmlik kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi.

    12-dekabr kuni Milliy gvardiyaning Ma'naviyat va ma'rifat markazida “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

    “Eng namunali tuman va shahar” tanlovida:

    • 1-oʻrin – Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani;
    • 2-oʻrin – Toshkent shahar Chilonzor tumani;
    • 3-oʻrin – Buxoro viloyati Vobkent tumani va Andijon viloyati Baliqchi tumanlari gʻolib deb topildi.

    “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida esa quyidagi natijalar qayd etildi:

    • 1-oʻrin – Bosh prokuratura;
    • 2-oʻrin – Bojxona qoʻmitasi;
    • 3-oʻrin – Navoiy kon metallurgiya kombinati.

    Shuningdek, quyidagi qoʻshimcha nominatsiyalar boʻyicha vazirlik-idoralar taqdirlandi:

    • “Davlat tilida ish yuritish boʻyicha eng namunali vazirlik-idora” nominatsiyasi – Adliya vazirligi;
    • “Eng faol targʻibotchi vazirlik-idora” nominatsiyasi – Biznesni rivojlantirish banki;
    • “Eng faol kitobxon vazirlik-idora” nominatsiyasi – Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
    • “OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eng faol vazirlik-idora” nominatsiyasi – Mudofaa vazirligi;
    • “Eng yaxshi vazirlik-idora sayti” nominatsiyasi boʻyicha Milliy gvardiya gʻolib deb topildi.

    Gʻoliblar diplom, pul mukofotlari va 3 million soʻmlik kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi.

    “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlari 2025-yilda yangi tartib, yangilangan Nizom va Respublika komissiyasi tarkibi asosida xolis baholash mezonlari bilan oʻtkazildi.

    Ushbu tanlov Prezidentning 2021-yil 26-martdagi qaroriga muvofiq har yili Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tashkil etib kelinadi.