Birgina oʻtgan yili 16 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilingani natijasida tadbirkorlarning 350 milliard soʻmlik xarajatlari tejaldi.
2026-yildan yana 10 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi belgilandi.
Xususan, auditorlik tashkilotlari, turizm sohasidagi hunarmandlar, turistik axborot markazlari, transport texnik koʻrigini amalga oshiradigan tadbirkorlar xabardor qilish tartibiga oʻtkaziladi.
Hozirda litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibi buzilganda, korxonaga ham, uning rahbariga ham jarima qoʻllanmoqda.
Endi bunday holatlar uchun faqat korxona jarima toʻlaydi, mansabdor shaxs javobgarligini esa boshqaruv organi mustaqil hal qiladi.








