2026-yilgi AQSh mudofaa byudjeti uchun rekord darajada mablag' ajratiladi

    AQSh Prezidenti Donald Tramp 2026-moliya yili uchun mudofaa byudjetini imzoladi, unda harbiy xarajatlar rekord darajada bo'lib, 901 milliard dollar (taxminan 770 milliard yevro) ko'zda tutadi.

    Bu haqda 18-dekabr, payshanba kuni Oq uy ma'lum qildi.

    Milliy mudofaaga to'g'risidagi qonun (National Defense Authorization Act, NDAA) “urush departamentiga mening “Tinchlik orqali kuch” siyosatimni amalga oshirish, Vatanni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish va mudofaa sanoat bazasini mustahkamlash imkonini beradi, shu bilan birga davlatimiz harbiy xizmatchilarining ma'naviyatini buzuvchi isrofgarchilik va radikal dasturlarni moliyalashtirishni to'xtatadi”, dedi Tramp Oq uy saytida e'lon qilingan bayonotda.

    AQSh Kongressining Vakillar palatasi NDAAni 11-dekabrda, Senat esa qonunni 17-dekabrda ma'qulladi. Hujjat, jumladan, harbiy xizmatchilarning ish haqini 3,8 foizga oshirish, harbiy texnika xarid qilish, AQShning asosiy raqiblari – Xitoy va Rossiyaga nisbatan raqobatbardoshligini kuchaytirish choralarini ko'zda tutadi dw.com.