“Biz hozirda amerikalik hamkorlarimiz Joby Aviation bilan transport vositasini sinovdan o'tkazish va sertifikatlash ustida ishlayapmiz, shuningdek, vertiportlarni ishlab chiqadigan Buyuk Britaniya kompaniyasi Skyports bilan vertiport stantsiyasini loyihalash bosqichini boshlayapmiz”, dedi u.
Dubayda to'rtta vertikal taksi aeroporti qurish rejalashtirilgan. Ulardan ikkitasi 2026-yil boshida ishga tushiriladi.
General Motors bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan haydovchisiz taksi-avtomobillari Dubayda 2025-yildayoq ish boshlaydi. Ayni paytda taksilar sinovdan o'tkazilmoqda, deb xabar beradi report.az.
“Biz 2026-yilga kelib gibrid va elektr dvigatellar yordamida limuzin xizmatini butunlay ekologik toza qilishni rejalashtirmoqdamiz, 2035-yilga kelib, rejaga ko'ra, Dubaydagi barcha taksilar elektrlashtiriladi, 2050-yilga kelib, butun avtobus parki faqat elektr avtobuslardan iborat bo'ladi”, deya ta'kidladi u.