баннер
18 Mar 2025
10:15

    2027-yilda O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘lovchi yangi temir yo‘l tarmog‘i ishga tushiriladi

    Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 2027-yilda yangi temir yo‘lning ishga tushirilishi ikki tomonlama yuk tashish hajmini oshirish imkonini beradi.

    «Kazinform» xalqaro axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi temir yo‘l liniyasining qurilishi mavjud Sariog‘ash-Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish, Sariog‘ash stansiyasini yengillashtirish va eksport jo‘natmalarini oshirish imkonini yaratadi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

    «Mazkur rejani tatbiq qilish maqsadida «Samrұq-Qazыna» fondining «Qazaqstan temіr jolы» (QTJ) portfel kompaniyasi tomonidan qiymati 286 milliard tenge ($1 – 523,95 tenge) bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirilyapti, - deb yozadi Agentlik QTJ matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib. - Bugungi kunga qadar 203 kilometrlik temir yo‘lning 100 kilometrga yaqin qismi yig‘ilib, loyihani amalga oshirish uchun 46 birlik yo‘l qurilish texnikasi va 70 dan ortiq kishi jalb etilgan».

    Telegram kanalimiz
    Text to speech