Mezbonlarning fikricha, tomoshabinlar mazkur ramz orqali shaharning koʻpqirrali kuchini koʻrib olishlari mumkin.
Raqamli davr uchun tayyorlangan animatsion ramz vaqt oʻtishi bilan rivojlanib, oʻzining cheksiz imkoniyatlarini aks ettiradigan shahar ruhini ifodalaydi.
“Los-Anjeles oʻziga xoslikni talab qiladi. Uni bir soʻz bilan ifoda qilishning imkoni yoʻq. Shahardagi har bir tuman, mavze va aholi oʻziga xos ahamiyatga ega. LA-2028 Oʻyinlari bizning jamoaviy ijodkorligimizni, birgalikdagi kuchimizni ifoda qiladi”, – deydi Tashkiliy qoʻmita rahbari Keysi Vasserman.
LA-28 ramzida L harfi jasoratni, 2 va 8 raqamlari esa “A” harfining dinamikasi oʻzgarib turadigan voqealar qatorini ifodalaydi.
“Los-Anjeles – bu millionlab insonlar va yuzlab lahjalarni birlashtiradigan maskan. Hech kim hech qachon boʻlajak Oʻyinlar va Los-Anjelesning bor salobatini toʻliq ifodalay olmaydi”, – deydi LA-2028 marketing direktori Emi Glison.
LA-2028 ramzi qandaydir diqqatga sazovor joy emas, balki ijodkorlik, oʻz qirralarini namoyish qilish imkonini beruvchi platformadir.
“Birgalikda ijodkorlik imkoniyati cheksizdir”, – deydi Keysi Vasserman.