2030-yilga borib, tranzit yuk hajmi 22 million tonnaga yetkazish reja qilingan

    Yigʻilishda Toshkent shahridan Yangiyoʻl, Chinoz va Sirdaryo tumanlariga qatnaydigan zamonaviy elektropoyezd harakatini yoʻlga qoʻyish ishlarini jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

    Hozirda temir yoʻl xizmatlari eksportining 50 foizi tranzit yuk tashishga toʻgʻri kelmoqda.

    Bu borada 2030-yilga borib, tranzit yuk hajmini 22 million tonnaga yetkazish reja qilingan.

    Shu bois mutasaddilarga 72 ta zamonaviy yoʻl boʻyi servis obyektlarini qurish uchun avtomobil yoʻllari yoqasidagi boʻsh yerlarni tadbirkorlarga berib, ishga tushirish topshirildi.

    Yirik multimodal logistika markazlari sonini 2 karra koʻpaytirish boʻyicha uch yillik dastur qabul qilib, ishlarni boshlash vazifasi qoʻyildi.