2035-yildan boshlab Kanadada faqat “ekologik toza” avtomobillar sotiladi

    Kanada atrof-muhit va iqlim o'zgarishi vaziri Stiven Gilbo 2035-yildan boshlab mamlakatda benzin yoki dizel yonilg'isi vositasida harakatlanadigan yengil avtomobillarni sotishni taqiqlash rejalashtirilayotganini aytdi.

    Ular butunlay elektromobillar va gibrid avtomobillar bilan almashtiriladi. Maqsad – nol CO2 emissiyasiga erishish.

    Mamlakatda ushbu rejani amalga oshirish uchun hozirdanoq tayyorgarlik boshlangan, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir avtomobil ishlab chiqaruvchisi birinchi navbatda bozorga elektr motorli yoki gibridli avtomobillarning kamida minimal foizini taklif qilishi kerak. 2026-yilda bunday avtomashinalar ulushi 20 foizni, 2027-yilda – 25 foizni, 2028-yilda – 34 foizni, 2029-yilda – 43 foizni, 2030-yilga borib esa 60 foizni tashkil etishi kerak. 2035-yilda 100 foizga yetkaziladi. Gilboning so'zlariga ko'ra, yangi qoidalar nafaqat ixcham modellar, sedan va xetchbeklarga, yo'ltanlamas va pikaplarga ham taalluqlidir.

    O'zgarishlar 2025-yildan keyin quriladigan turar-joy binolariga ham taalluqli bo'ladi – ular quvvatlash stansiyalarini joylashtirish uchun qo'shimcha quvvatga ega bo'ladi, deb xabar beradi mir24.tv.