Deputat Rasul Kusherbayev oʻzining telegram kanalida mazkur mavzuga doir maʼlumotlarni keltirdi.

Jaxon banki progonozlariga koʻra, toza suvning yetishmovchiligi Markaziy Osiyoda yalpi ichki maxsulotni 11 foizga pasaytiradi 

Mutaxassislar suvni ishlatish masalasida Oʻzbekiston va Turkmanistonda vaziyat tang ekanligini bildirishmoqda. Ushbu ikki mamlakat ishlatadigan suv hajmi 169 foizga yoki mos ravishda suv zaxiralaridagi jami suvning 144 foiziga toʻgʻri kelmoqda. 

Bu oʻrinda Rossiya va Gruziya 4 foiz, Moldova 12 foiz, Ukraina 14 foiz suv zaxiralarni ishlatadi.

Suv tanqisligi qishloq xoʻjaligiga salbiy taʼsir koʻrsatib, turmush darajaning yomonlashuvi, eksport kamayishi va bandlikni taʼminlashda jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.

Kelajakda mintaqada asosiy muammo aynan nima sababli kelib chiqishi mumkinligini anglash uchun katta bosh kerakmas nazarimizda. Shu bois, transchegaraviy suvdan foydalanish masalasida barqaror va tomonlar uchun teng manfaatli yangi kelishuvga erishish, suvdan oqilona foydalanishda yagona strategik yondoshuvga oʻtishni tezroq hal etish zarurligini vaziyatning oʻzi taqazo qilmoqda, deb yozadi R. Kusherbayev.