Agar oʻsish tendensiyalari shunday davom etsa, 2050-yilga borib, bu kasallikka chalinganlar soni 38 foizga, oʻlim darajasi esa 68 foizga oshishi mumkin.
Ekspertlar xulosasiga koʻra, bu xastaklikning koʻpayishi qator omillar bilan bogʻliq. Yosh koʻrsatkichlari va genetik faktorlar shular orasida yetakchilik qiladi.
Shuningdek, nosogʻlom turmush tarzi, xususan, spirtli ichimliklar isteʼmoli, kamharakatlik va ortiqcha vazn ham kasallikning rivojlanishiga sabab boʻladi.
Tadqiqotchilar fikricha, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish orqali xastalikka chalinish koʻrsatkichini qariyb 25 foizga kamaytirish mumkin.
Qolaversa, dunyo boʻyicha 29 ta mamlakatda koʻkrak bezi saratonidan oʻlim darajasi sezilarli darajada kamaygan. Bu — erta bosqichdagi skrining dasturlari va davolanish samaradorligi oshgani bilan izohlanmoqda.