Bu haqda ANSA agentligi Greenpeace ekologik tashkilotining Italiya bo'limi va Italiya Glyatsiologiya qo'mitasi (CGI) olimlari ma'lumotlariga asoslanib xabar berdi.
Mutaxassislar ekspeditsiyaning birinchi bosqichini Stelvio milliy bog'idagi Italiyaning eng yirik Forni muzligida yakunladi. Bu muzlik “erish tufayli 2022-yilga nisbatan qalinligini 50 foizga ko'proq yo'qotmoqda va 2060-yilga kelib yo'q bo'lib ketish xavfi ostida. 21-24-avgust kunlari u 37 santimetr muz qalinligini yo'qotdi, bu kuniga o'rtacha 6 santimetrdan ortiq”, deb tushuntirdi CGI mutaxassisi Gulyelmina Diolayuti.
Bu yil Italiyada 1800-yildan keyingi kuzatishlar tarixidagi eng issiq yillardan biri bo'ldi. Harorat o'rtacha ko'rsatkichdan 0,67 daraja yuqoriladi, deb xabar beradi tass.ru.