2075-yil Oy qanday ko‘rinishda bo'ladi?

    Oyda odamlarning yashashi uchun zarur bo'lgan barcha turdagi texnologiyalargar bilan jihozlangan hamda xususiy kosmik kemalar qo‘nishi uchun flot yaqin ikki yil ichida uchirilishi rejalashtirilgan.

    Bugungi kunda oyda tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy izlanishlar keng qo‘lamda olib borilmoqda. 1960-yillarga qaraganda texnologiyaning rivojlanishi tufayli Oyga borish uchun ancha-muncha kam mablag‘ sarflanmoqda.

    Italiyaning kosmik siyosat bo'yicha maslahatchisi Juzeppe Reibaldining so'zlariga ko'ra, 2075 yilga borib Oyda turli joylarda ko'plab bazalar barpo etilib gullab-yashnaydigan ekotizim paydo bo'lishi mumkin.

    Maxsus korxonalar Oy aholisini suv, va qurilish materiallari, shuningdek, kosmik kemalar qismlarini ishlab chiqarish uchun titan va alyuminiy bilan ta'minlaydi. Bu davrda Marsga uchirilishlar Oydan boshlanishi mumkin. Yerning sun'iy yo‘ldoshida yuqori texnologiyalar orqali fermerlar oziq-ovqat yetishtirishi ham mumkin.

    2075-yilda Oyda odam tug‘ilishi tub burilish bo‘ladi - deydi Reibald.