Unga koʼra, 20-dekabr kuni avvaliga Qoraqalpogʼistonda, 21 dekabrda respublika boʼylab vaqti-vaqti bilan biroz qor yogʼishi kutilmoqda. 22–24-dekabr kunlari yogʼingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati biroz pasayadi. 20–21-dekabr kuni Oʼzbekistondan oʼtgan nam havo oqimlari ortidan, sovuq antitsiklon shimolda haroratni sezilarli darajada pasaytirishga olib keladi. 

Togʼlarda 21–22-dekabr kunlari qor yogʼadi. 21–23-dekabr kunlari respublika boʼylab muzlama (yaxmalak) hodisalari boʼlishi prognoz qilinmoqda. Tuman tushadi.