21 mlrd soʻmlik davlat xaridi noqonuniy oʻtkazilishining oldi olindi

    Oʻrganish va tahlillar jarayonida toʻplangan hujjatlar esa qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Qayd etilishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning yanvar aprel oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan 21 mlrd soʻmlik 18 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

    Jumladan:

    • Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi 2,2 mlrd soʻmlik ;
    • “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ 313 mln soʻmlik;
    • Beshariq tumani tibbiyot birlashmasi 300 mln soʻmlik;
    • Dehqonobod tumani hokimligi 189 mln soʻmlik;
    • Ellikqalʼa tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi 95 mln soʻmlik;

    Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi 56 mln soʻmlik davlat xaridlarida “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun talablariga zid ravishda oʻzaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga imkon yaratgan.

    Shuningdek:

    • “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 10,8 mlrd soʻmlik;
    • Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining 1,9 mlrd soʻmlik;
    • Gʻuzor tumani obodonlashtirish boshqarmasining 1,9 mlrd soʻmlik;
    • Dehqonobod tumani obodonlashtirish boshqarmasining 1,1 mlrd soʻmlik;
    • Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomli akademik litseyning 573 mln soʻmlik;
    • Termiz Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 572 mln soʻmlik;
    • Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining 520 mln soʻmlik;
    • Sirdaryo viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 83 mln soʻmlik;
    • Yangiobod tumani tibbiyot birlashmasining 45 mln soʻmlik;
    • Moʻynoq tumani hokimligining 40 mln soʻmlik davlat xaridlaridagi baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

    Mazkur holatlar yuzasidan Agentlikning taqdimnomalari bilan xarid komissiyasining gʻolibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridlarining oldi olindi.