22-aprel “Butunjahon yer kuni” deb eʼlon qilingan

    1970-yildan boshlab har yili 22-aprel kuni jahondagi barcha mamlakatlarda turli tadbirlar va aksiyalar oʻtkaziladi.

    Yer muammolariga insoniyatning eʼtiborini qaratish maqsadida 1970-yildan boshlab har yili 22-aprel kuni jahondagi barcha mamlakatlarda turli tadbirlar va aksiyalar oʻtkaziladi. Shu bois, BMT Bosh Assambleyasi 22-aprel sanasini “Butunjahon yer kuni” deb eʼlon qilib, uni nishonlashga qaror qildi.

    22-aprel “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti Qarshi filiali hamkorlikda “Yer yoshlar kelajagi” mavzusida 3 bosqichli tadbir oʻtkazildi.

    1-bosqichda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti Qarshi filiali talabalari “Yer umumiy uyimiz” shiori bilan yerdan toʻgʻri va unumli foydalanishga doir rasmlari bilan ishtirok etdi. 2-bosqichda yerdan toʻgʻri va unumli foydalanishga doir video roliklari bilan va soʻnggi 3-bosqichda mazkur oliy taʼlim muassasasi talabalari oʻzlarining gʻoyalarini mujassam etgan maketlar bilan ishtirok etishdi.

    Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar ragʻbatlantirildi.