23 Mar 2025
05:17

    23-27-mart kunlari sel-suvtoshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

    23-25-mart kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.

    Oʻzgidromet bu haqida ogohlantirish xabari ishlab chiqdi.

    Joriy yilning 23-27-mart kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida, jumladan:

    • Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
    • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobod tumanlarida;
    • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
    • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
    • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, SharofRashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
    • Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
    • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
    • Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
    • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suvtoshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchifuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli xududlardaharakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz.

    Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishigaolib kelishi mumkin.

    23-25-mart kunlari respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, qorga aylanish ehtimoli bor.

    23-24-mart kunlari baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech