23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga qurʼa tashlandi

    Sport 23 Noyabr 2023 1089

    Kelasi yil Qatar yashil maydonlarida oʻtadigan futbol boʻyicha U-23 Osiyo kubogiga qurʼa tashlandi.

    Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi “D” guruhida Vetnam, Quvayt va Malayziya jamoalari bilan bahs olib boradigan boʻldi.

    Eslatib oʻtamiz, ushbu turnirda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmalar oʻynaladi.

    Musobaqa kelasi yilning 15-aprel – 3-may kunlari oʻtkaziladi.

    “A” guruhi Qatar Avstraliya Iordaniya Indoneziya

    “B” guruhi Yaponiya, Janubiy Koreya, BAA, Xitoy

    “C” guruhi Saudiya Arabistoni, Iroq, Tailand, Tojikiston

    “D” guruhi Oʻzbekiston, Vetnam, Kuvayt, Malayziya