25-mayda baland siklon ta’siri faqat respublikaning eng sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shamol 17-22 m/s gacha kuchayishida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26-maydan O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Kunduzgi havo harorati 34-37° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 38-40° gacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8° ga ko‘p bo‘ladi.

O‘zgidrometeorologiya xizmati markazi  24-27-may kunlarida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel kelishi xavfi haqida ogohlantiradi.