24-mart "Apple" birinchi grafik operasion tizimini taqdim etgan kun

    2001-yil aynan shu kun Stiv Djobs "Apple" kompaniyasining birinchi grafik operasion tizimi "Mac OS X"ni taqdim etdi.

    Operasion tizimni o‘rnatish uchun kompyuterdan 800 Mb doimiy xotira va 128 Mb tezkor xotira talab qilingan, bu esa o‘sha davrning kompyuterlari uchun katta ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan.

    "Mac OS X"ning "Kodiak" deb nomlangan beta (sinov) versiyasi 29.95 AQSH dollaridan, kamchiliklari bartaraf etilgan yakuniy "Puma" deb nomlangan versiyasi 129 AQSH dollardan sotuvga chiqarilgan.

    1955-yil 24-fevral kuni AQSHning San-Frasisko shahrida tug‘ilgan ixtirochi, dizayner va tadbirkor "Apple", "NeXT" va "Pixar" kompaniyalar asoschisi Stiv Djobs bankrotlik yoqasida turganida "Mac OS X" orqali "Apple" uni saqlab qolgan.

    "Mac OS X" operasion tizimi o‘rnatilgan "iMac" kompyuterlari kompaniya tarixida eng ko‘p sotilgan kompyuterlardan biri bo‘lib qolgan.

    "Mac OS X" interfeys jihatdan chiroyli dizaynga ega bo‘lganligi sababli boshqa operasion tizimlarga nisbatan juda katta farq bilan oldinlab ketgan.

    "Mac OS " operasion tizimlari faqatgina "Apple" mahsulotlariga o‘rnatilishi mumkinligi sababli ular hech qanday lisenziyani talab etmaydi va tizimda buzilishlari ham juda kam kuzatiladi. Shuningdek, operasion tizimni tajribasi yo‘q foydalanuvchi ham o‘rnata olishi mumkin.

    2020-yildan hozirgacha "MacOS" operasion tizimlari uchun zararli viruslar 674.273 tadan oshgan bo‘lsa-da, "Windows" operasion tizimlarida shu kabi viruslar 91 milliondan ortiq ekanligi aniqlangan.