24-oktyabr — Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni

    Xalqaro hamkorlik 24 Oktabr 2020 2780

    1945-yilda kuchga kirgan BMT Ustavining kuni BMT kunida nishonlanadi. Tashkilot ushbu asosiy hujjat uning ishtirokchilarining koʻpchiligi, shu jumladan Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy aʼzosi tomonidan ratifikatsiya qilingan paytdan boshlab rasmiy ravishda faoliyatini boshlagan.

    24-oktyabr BMT kuni sifatida 1948-yildan buyon nishonlanib kelinadi. Bu yil Tashkilot oʻzining 75 yilligini butun dunyo uchun katta sinov boʻlayotgan, sogʻliqni saqlash sohasidagi mislsiz global inqiroz ogʻir iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelayotgan bir paytda nishonlanyapti.

    Bugun BMTning 75 yilligini nishonlash uchun dunyoning mashhur binolari, muzeylari, koʻpriklari va boshqa meʼmoriy yodgorliklari moviy rang bilan yoritiladi. Ushbu tashabbus ramziy maʼnoda dunyo fuqarolarini birlashtirishga, tinchlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari universal tilining tarqalishiga koʻmaklashishga qaratilgan harakatdir.

    “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati.