24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida “Onlayn” faoliyat olib boradi

    Dolzarb 20 Yanvar 2022 2297

    Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalish xavfini oldini olish hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib chiqib 24-yanvardan boshlab maktablardagi taʼlim jarayoni bir oy muddat davomida “onlayn” shaklda olib boriladi.

    Masofaviy shaklda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda “Onlayn maktab” telegram kanali orqali berib boriladi. “Onlayn maktab” loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda “Onlayn maktab” telegram kanali orqali eʼlon qilib boriladi.

    Fursatdan foydalanib, Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sogʻligini taʼminlagan holda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini soʻraydi.