24 yoshli marafonchi o'tgan yili jahon rekordini yangilagan va yaqinlashib kelayotgan Parij Olimpiadasining favoritlaridan biri edi. Baxtsiz hodisa yuz bergan vaqtda sportchi Keniya tumanlaridan birida mashg'ulotdan qaytayotgan edi.
“Bu haydovchining aybi bilan sodir bo'lgan baxtsiz hodisa. Kiptum boshqaruvni yo'qotib, daraxtga borib urilgan va 60 metr uzoqlikdagi ariqga tushib ketgan”, deyiladi xabarda.
Avtomashinada sportchidan tashqari uning murabbiyi Jerve Xakiziman va sevgilisi Sheron Kosti ham bo'lgan. Sharon avariyadan omon qolgan yagona shaxs bo'lib, shifoxonaga yetkazilgan.
Uning jahon rekordi rasman tasdiqlangan va marafon masofasini (42 kilometr 195 metr) ikki soatu bir daqiqadan kamroq vaqt ichida bosib o'tgan tarixdagi birinchi odam sifatida e'tirof etilgandi, deb xabar beradi tengrisport.kz.