25-29-iyul kunlari havo harorati 45 darajagacha koʻtarilishi mumkin

    Shu yilning 25-29-iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha juda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

    Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Respublika hududining katta qismida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 44-45 darajagacha koʻtariladi.

    Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.