25 nafar koʻzi ojizlarga innovatsion hassalar topshirildi

    Urgut tumanidagi 25 nafar koʻzi ojizlar uchun “Lazizbek Yusupov” YATT tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Brayl hassa”lar topshirildi.

    Mazkur hayrli ish Samarqand viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi hamda Urgut tuman hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirildi.

    Shuningdek, Urgut tumani hokimi Botir Jabborovga Urgut innovatsion hududida “Koʻzi ojizlar uchun “Brayl displeyi”, “Brayl komyuter klaviaturasi”, “Brayl mobil klaviaturasi” va “Koʻzi ojizlar uchun xassa” loyihalari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tanishtirildi.