Ushbu loyiha boshlanganidan oʻtgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.
Joriy yilda, 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinadi, uning doirasida 85 million tup koʻchat ekish rejalashtirilgan.
Bunda barcha darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar, mahalla faollari, jamoat arboblari, nuroniylar, sanʼatkor va sportchilar, mashhur blogerlar oʻrnak koʻrsatishlari muhimligi taʼkidlandi.
Buning uchun Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, Oʻrmonchilik institutlari, oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari ham shtabga aʼzo boʻladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qayerga, qachon, qaysi koʻchat turini qancha ekishni belgilab beradi.