25 yildan so'ng Mohira Asadova yana sahnaga qaytmoqda...

    Madaniyat 3 Iyul 2020 2317

    90-yillar o'zbek san'atining yorqin namoyondasi, o'z davrining eng xit taronalari ijrojisi Mohira Asadova 25 yillik tanaffusdan keyin yana katta sahnalarga qaytishi kutilmoqda.

    Ijtimoiy tarmoqlar hamda saytlarda Mohira Asadova va uning ijodiy faoliyati, shuningdek, litsenziyasi bo'lishiga qaramasdan unga bo'lgan turli “qarshiliklar” haqida ko'plab fikrlar va mulohazalar ko'paymoqda.

    Mana shu masalalarga oydinlik kiritish hamda ijobiy echim topish maqsadida yaqinda Madaniyat Vaziri Ozodbek Nazarbekov Mohira Asadova bilan uchrashdi.

    Bo'lib o'tgan samimiy suhbatda uzoq yillardan buyon javobsiz qolgan savollar o'z javobini topdi. Ko'plab respublika va xalqaro ko'rik-tanlovlar g'olibi bo'lgan Mohira Asadova hozirgi kunda butun dunyoda davom etayotgan pandemiya davridan keyin san'at saroylarida jonli kontsert berishi hamda ijod faoliyatini davom ettirishi va uni xalqqa namoyish etishida hech qanday to'sqinliklar bo'lmasligi aytib o'tildi.