Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko'ra, 26-may kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 33-35° bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to'zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to'zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 26-31° bo'ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. SHamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to'zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo'ladi.
Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 32-37° bo'ladi.
Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo'ladi.









