баннер
30 Mar 2025
04:28

    27-mart kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi

    Ertaga Respublikamizda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    “Oʻzgidromet” agentligining xabar berishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

    Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

    Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

    Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlari;

    havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻli hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech