Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Shu yilning 27-oktyabr kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7°, kunduzi 17-19° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayish mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, kechaga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 14-19° boʻladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 14-19° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi,. Faqat Surxondaryo viloyatida kechaga tomon
baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10o, kunduzi 15-20° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, kechaga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor). Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.