Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Qoʻngʻirot tuman boʻlimi va “Barsakelmes” davlat buyurtma qoʻriqxonasi hamda tuman IIV xodimlari bilan birgalikda reyd tadbiri oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida Qoʻngʻirot tumani fuqarolari T.Ye. va T.Yelar noqonuniy ravishda 27 ta quyon ovlagani aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun jami 8 900 000 daʼvo hisoblandi va maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 60-moddasiga asosan maʼmuriy ishlar boʻyicha sud organiga tegishli hujjatlar tayorlanib oʻtkazildi.