Toʻplamlar 2859 oʻqituvchi kompyuterlari hamda 43127 oʻquvchi kompyuterlaridan iborat. Loyiha natijasida 2766 ta yaʼni qariyb 30 foiz maktab yangi kompyuter sinflarga ega boʻladi.

Hozirgi kunda Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kompyuter sinflari toʻlaligicha yetkazildi. Sardoba texnogen ofatining oqibatlarini yumshatish maqsadida zarar koʻrgan umumtaʼlim muassasalariga qoʻshimcha kompyuter sinflari yetkaziladi.

Buxoro, Namangan, Fargʻona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida kompyuter sinflarini oʻrnatish jadal surʼatlarda ketmoqda. Yakuniy bosqichda, Toshkent shahar, Jizzax viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida kompyuter sinflarini oʻrnatish rejalashtirilgan.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi qaroriga asosan Koreya Respublikasi "Eksimbank"i Iqtisodiy rivojlanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 33 mln. AQSH dollar imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilmoqda.