Ushbu olimning tug'ilgan kuni sharafiga 2011 yildan buyon har yili dunyoda 28 iyul — Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Gepatit virusli kasallik hisoblanib, bemorda jigar hujayralari zararlanishi kuzatiladi. Qolaversa, uning faoliyati buzilishi oqibatida organizmda intoksikatsiya — zaharlanish yuz beradi. Virusli gepatitning asosan 6 ta — A, B, C, D, E, G kabi turlari mavjud. Ular klinik kechishi va oqibatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Yurtimizda esa asosan kasallikning A, B, C turlari ko'p uchraydi. Misol uchun, gepatit A – eng ko'p aniqlanadigan, biroq boshqa turlarga nisbatan xavfsizroq xastalik bo'lib, asosan bemorlarda o'tkir kechadi. Ammo surunkali tus olmaydi hamda o'lim va boshqa jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi bilan farqlanadi.Bu xastalikning yana bir nomi “iflos qo'llar kasalligi” deb ham ataladi. Virusni asosan kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda bemor bilan muloqotda bo'lish orqali yuqtirish mumkin. 

Gepatit V ushbu kasallik turlari orasida eng xavflisi bo'lib, har yili dunyoda minglab insonlar mazkur virus tufayli vafot etadi. Bugungacha uning qo'zg'atuvchisiga bevosita ta'sir etuvchi preparat topilganicha yo'q. 

Virus qon va odam organizmidan ajraladigan boshqa suyuqliklardan yoki onadan homilaga yuqadi. Shuningdek, gepatitning S turi ko'pincha jigar tsirrozi yoki saratonga sabab bo'luvchi xavfli xastalik hisoblanib, uni shifokorlar “muloyim qotil” deb ham atashadi. Sababi kasallikning rivojlanish davrida bemorda hech qanday salbiy belgilar kuzatilmaydi. Virus asosan qon orqali, ya'ni ehtiyotsizlik sabab stomatolog, manikyur va boshqa amaliyotlarda qon tekkan buyumdan o'zga bir insonga yuqishi mumkin. Qolaversa, tish cho'tkasi yoki soqol oladigan uskuna ham kasallanish uchun sabab bo'ladi. JSST ma'lumotlariga ko'ra,  har yili dunyoda 325 millionga yaqin odam gepatit V virusi va kamida 200 million kishi gepatit C virusi bilan kasallanmoqda. 
 
Butunjahon gepatit alyansining 2021 yilgi ma'lumotlariga  ko'ra, gepatit V va C virusi tufayli har yili jahonda 1,4 million odam vafot etadi. Bu esa OIV/OITS va bezgakdan ko'proq deganidir.Bugun yurtimizda ushbu xavfli kasallikni o'z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  Xususan, Prezidentimizning 2022 yil 16 maydagi “Ayrim dolzarb virusli infektsiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to'g'risidagi” qarori bu yo'nalishdagi sa'y-harakatlarni yanada jadallashtirishga xizmat qildi. Mazkur qarorda virusli gepatitlarning “V” va “S” turlarini erta aniqlash uchun respublikaning barcha hududlarida skrining tekshiruvlarini o'tkazish va kasallikni davolash qamrovini oshirish borasida bir qator muhim vazifalar belgilangan. SHundan kelib chiqqan holda yurtimizdagi 65 dan ziyod oilaviy va ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarda ushbu kasallikni aniqlash uchun bepul skrining tashkil etilgan.  
 
Shuningdek, 2021 yildan boshlab yurtimizda yangi tug'ilgan chaqaloqlarni V virusli gepatitga qarshi emlash tadbiri Milliy emlash taqvimiga kiritilgan. Qolaversa, dunyoning 17 ta mamlakati qatori O'zbekistonda ham S virusli gepatitga chalingan bemorlar davlat hisobidan bepul davolanadi, deb xabar beradi Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.